Koʻrgazmalar tashkil etish
Qishloq xoʻjaligi, qurilish, taʼlim, savdo va boshqa sohalardagi oʻz biznes koʻrgazmalarimiz: AgroPro Expo, Build Pro Expo, World Edu va boshqalar.
Tarix

SOF Expo — Samarqanddagi koʻrgazma markazi, Jomboy tumanida joylashgan. 2022-yildan beri bu yerda qishloq xoʻjaligi, qurilish, taʼlim va boshqa sohalar koʻrgazmalari oʻtkaziladi: AgroPro Expo, Build Pro Expo, World Edu va boshqalar. Eng koʻp mehmon kelgan tadbir — Promotors Show: 2024 va 2025-yillarda 16 000 tadan tashrif buyuruvchi.
Markazda qariyb 10 000 m² koʻrgazma maydoni bor — yopiq va ochiq pavilion. Konferensiya zali, B2B uchrashuv xonalari, kafe va namozxona ham shu yerda. Koʻrgazma, forum yoki katta tadbirni bitta joyda oʻtkazish mumkin.
Eksponentlar koʻrgazmada mahsulotini koʻrsatadi, yangi mijoz va hamkor topadi. Mehmonlar bir kunda soha yangiliklarini koʻradi va ishlab chiqaruvchi bilan yuzma-yuz gaplashadi. Koʻrgazmalar doirasida forumlar ham boʻladi, xorijiy kompaniyalar ham qatnashadi.
Samarqand — Buyuk Ipak yoʻlidagi qadimiy shahar, asrlar davomida Sharq va Gʻarb savdogarlari shu yerda uchrashgan. Bugun koʻrgazmaga kelganlar ish bilan birga Registon va shaharning boshqa yodgorliklarini ham koʻrishi mumkin.
Natijalar
SOF Expo koʻrgazma va forumlari 2022–2025-yillarda.
| 2022 | 2023 | 2024 | 2025 | Jami | |
|---|---|---|---|---|---|
| Koʻrgazmalar | 7 | 7 | 8 | 6 | 28 |
| Forumlar | 12 | 15 | 18 | 22 | 67 |
| Kompaniyalar ishtiroki | 485 | 475 | 510 | 367 | 1 837 |
| Shundan xorijiy | 41 | 102 | 111 | 50 | 304 |
| Tashriflar | 37 000 | 32 500 | 42 500 | 33 500 | 145 500 |

Missiya
Missiya: innovatsion gʻoya va qadriyatlarni birlashtirib, mintaqada biznes madaniyatini rivojlantirish.
SOF Expo — mintaqa biznesi taraqqiyoti uchun innovatsion koʻrgazma maydoni. Biz biznes koʻrgazmalar tashkil etamiz, markaz va texnik jihozlarni ijaraga beramiz, tadbirlarni toʻliq boshqaramiz.
Qadriyatlarimiz:
2030-yilgacha maqsad: yiliga 12 ta oʻz tadbirimizni oʻtkazish va markazni tashkilotchilarga yiliga 20 marta ijaraga berish.
Faoliyat
Qishloq xoʻjaligi, qurilish, taʼlim, savdo va boshqa sohalardagi oʻz biznes koʻrgazmalarimiz: AgroPro Expo, Build Pro Expo, World Edu va boshqalar.
Tadbir tashkilotchilariga yopiq pavilion va ochiq maydonni ijaraga beramiz: koʻrgazma, yarmarka, festival va korporativ tadbirlar uchun.
Tadbirlar uchun mebel va texnik jihozlarni ijaraga beramiz.
Tashkilotchilarga tadbirni toʻliq tashkil etish xizmatini koʻrsatamiz.
Koʻrgazmalar doirasida forumlar oʻtkazamiz: 2025-yilda 22 ta forum boʻldi.
Xorijdan eksponentlarni jalb qilamiz: 2022–2025-yillarda xorijiy kompaniyalar koʻrgazmalarda 304 marta ishtirok etdi.
Bizga qoʻngʻiroq qiling
+998 55 705 07 05