Ishtirokchilar uchun ma'lumot

SOF EXPO SAMARKAND ko`rgazma markazi Samarqand viloyatida joylashgan bo`lib 2022-yil mart oyida foydalanish uchun topshirilgan. Markazda har yili turli xil mavzularda ko`rgazma va forumlar bo`lib o`tadi. Ushbu tadbirlarda ko`plab mahalliy va chet el kompaniyalari qatnashadilar va minglab mehmonlar tashrif buyurishadi. 

Ko`rgazma markazi barcha qulayliklar va zamonaviy dizaynga ega. Markaz 4400m² ichki pavilyon va 5000m² lik tashqi maydonga ega. Bundan tashqari markaz zamonaviy va kerakli texnikalarga ega 3 ta B2B suhbatlar xonasi, 1 ta 100 kishiga mo`ljallangan konfrens zali, zamonaviy va ko`rkam restorant va chill-out kafe, yopiq pavilyon ichidagi 6 ta VIP stend xonalar, 11 ta ichki va 4 ta tashqi reklama uchun bannerlar va yana bir qancha qulayliklarga ega. Pavilyonda issiq yoki sovuq ob havoda domiy mo`tadil haroratni taminlash maqsadida kerakli isitish va sovutish texnikalari o`rnatilgan.